Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 460
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 358
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIK: ILMIY SALOHIYAT

11:39, 18.10.2025      

Joriy 17-oktabr kuni xalqaro ilmiy maydonda muhim voqea ro‘y berdi — filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan Filologiya fakulteti rus filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Alimov T.E. Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan biri, TOP-500 reytingiga kiruvchi Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)da o‘zining ilmiy dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusi – "Личные эвфемизмы сквозь призму эколингвистической парадигмы (на материале английского, узбекского и русского языков)" – zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, shaxsiy evfemizm va ekolingvistika sohalarining kesishgan nuqtalarini chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotda ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari asosida solishtirma yondashuvlar qo‘llanilgan bo‘lib, u zamonaviy til madaniyati, ekologik tafakkur va nutq etikasining lingvistik jihatlarini yoritadi.

Dissertatsiya himoyasida Filologiya fakulteti rus tili metodikasi kafedrasi dotsentlari – Z. Tashtemirova va M. Baxramova faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar. Ular norasmiy opponentlar sifatida so‘zga chiqib, dissertatsiya mazmuni, tadqiqot metodologiyasi va ilmiy natijalarga yuqori baho berdilar. Ularning ta’kidlashicha, mazkur ish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, tilshunoslikda yangi yo‘nalishlarning rivojiga xizmat qiladi.

Ushbu ilmiy hamkorlik nafaqat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamladi, balki o‘zbek olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faol ishtirokini ham namoyon etdi. Alimov T.E.ning ilmiy izlanishlari xorijiy akademik doiralarda ham e’tirof etilayotgani yosh tadqiqotchilar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur dissertatsiya himoyasi Filologiya fakultetida ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samarali natijasi bo‘lib, fakultet salohiyatining yuksalayotganini yana bir bor isbotladi.