Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 460
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 358
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”:KUCH, IQTIDOR VA JAMOAVIYLIK SINOVI

14:29, 18.10.2025      

Yoshlar va sport – kelajak garovi! Farg‘ona davlat universitetida Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Ushbu tashabbusning birinchi yo‘nalishi – yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish bo‘yicha tashkil etilgan sport tadbirlari orasida voleybol musobaqalari alohida e’tiborni tortmoqda. Yaqinda talabalar o‘rtasida fakultetlararo II-bosqich voleybol musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqa davomida talabalar haqiqiy sport ruhini, g‘alabaga bo‘lgan intilishni va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdilar. Har bir jamoa nafaqat texnik mahoratini, balki o‘zaro hurmat va sport madaniyatini ham ko‘rsatdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblik quyidagi jamoalarga nasib etdi:

1-o‘rin – Sport faoliyati fakulteti jamoasi – g‘alabaga bo‘lgan iroda va yuksak tayyorgarlik bilan boshqalardan ustun chiqdi.

2-o‘rin – Harbiy ta’lim fakulteti jamoasi – intizom va kuchli jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, sharafiga munosib ishtirok etdi.

3-o‘rin – Iqtisod fakulteti jamoasi – mahorat va jamoaviylikni uyg‘unlashtirib, faxrli o‘rinni egalladi.

Musobaqa nafaqat sport yutug‘i, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik, sog‘lom raqobat, sport madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar orqali yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga, sog‘lom turmush tarzini hayot mezoniga aylantirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi” universitetda bosqichma-bosqich davom etmoqda va talabalar o‘rtasida yana ko‘plab sport, madaniy va intellektual bellashuvlar rejalashtirilgan.