Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALAR E’TIBORDA

15:24, 28.10.2025      


Bugungi kunda Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish va mavjud muammolarga tezkor, amaliy yechim topish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda mas’ul xodimlar tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Tashriflar davomida mas’ullar tomonidan talabalar yashayotgan xonadonlardagi ijtimoiy muhit barqarorligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xonadonlarning tozalik va gigiyena talablariga muvofiqligi atroflicha o‘rganilmoqda. Shuningdek, talabalarga energiya tejamkorlik, xavfsizlik, sog‘lom turmush tarzi va ma’naviy muhitni sog‘lom saqlash masalalarida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

“Bizning maqsadimiz – talabalar nafaqat ilm olishi, balki xavfsiz, qulay va sog‘lom muhitda yashashi uchun sharoit yaratishdir”, — deydi Iqtisodiyot fakulteti dekani G.Xonkeldiyeva.

Uchrashuvlarda talabalarning fikr va takliflariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar o‘z muammolarini ochiq bayon etishmoqda, mas’ullar esa ularni joyida o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda. Zarurat bo‘lganda, ijarada yashovchi talabalarga issiq kiyim-kechak, maishiy texnika vositalari, energiya tejovchi jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha ham tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Shuningdek, talabalarga darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish, kitobxonlik an’analarini rivojlantirish, ko‘ngillilar harakatlarida qatnashish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Bunday suhbatlar nafaqat ularning ma’naviy dunyosini boyitadi, balki ijtimoiy faolligini ham oshiradi.

Mazkur tashabbus Farg‘ona davlat universiteti rahbariyatining yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rligining yaqqol ifodasi bo‘lib, ta’lim maskanida talabalarning xavfsizligi, ijtimoiy himoyasi, hamda ma’naviy barkamolligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.