Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

KELAJAK SOATI: "O‘ZBEKISTON VA JAHON TAMOYILLARI"

12:14, 29.10.2025      


Farg‘ona davlat universitetida mamlakatimizda yoshlarda keng dunyoqarash va global fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Kelajak soati” loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ingliz tili va adabiyoti fakulteti hamda 1-bosqich magistrantlar ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuvni universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov olib bordi.

Ma’rifat darsining asosiy maqsadi — talabalarda:

O‘zbekistonning jahon maydonidagi o‘rnini chuqur anglash, xalqaro jarayonlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, global siyosiy, iqtisodiy va madaniy trendlarga mos fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratildi. Professor Shermuhammadov bugungi globallashuv jarayonida har bir yoshning tashabbuskor, bilimli, ochiq fikrli va yurt sha’ni uchun mas’uliyatli bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Dars davomida magistrantlarga quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi:

Mustaqillik yillarida erishilgan yuksak taraqqiyot natijalari

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan tinchlikparvar va ochiq tashqi siyosat O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar, xususan BMT bilan faol hamkorligi;

Mamlakatimiz ilgari surayotgan global tashabbuslar va ularning amaliy natijalari;

Shuningdek, yoshlarning xalqaro maydonda munosib ishtirok etishi, raqobatbardosh kadr bo‘lishi uchun til bilish, innovatsion fikrlash va milliy qadriyatlarni chuqur anglash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr almashdilar va O‘zbekistonning global taraqqiyot yo‘lidagi yutuqlarini yangi nigoh bilan tahlil qildilar.

Bu kabi ma’rifiy mashg‘ulotlar yoshlarda:

- vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash,

- zamonaviy dunyo talablari asosida fikrlash,

-xalqaro jarayonlarda faol bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Kelajak soati” — bugungi yoshlarni ertangi kun bosh qahramoniga aylantirishga xizmat qilayotgan muhim tashabbusdir. Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu ma’rifiy dars yoshlarni yuksak maqsadlar sari undadi, ularga yangi bilim va motivatsiya bag‘ishladi.