Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FarDUDA FARGʻONA VILOYATI HOKIMI OʻRINBOSARI ISHTIROKIDA "KELAJAK SOATI" MA'RIFAT DARSI

15:23, 30.10.2025      


Farg‘ona davlat universitetida yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, ularning global jarayonlardagi faolligini oshirishga qaratilgan “Kelajak soati” loyihasi doirasida “O‘zbekiston va jahon” mavzusida navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur darsni Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov olib bordi.

Uchrashuv davomida talabalar:

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzi va strategik o‘rni,

zamonaviy global jarayonlar va ularda yoshlarning roli,

tashqi siyosatda ochiqlik, tinchlikparvarlik va konstruktiv, hamkorlik tamoyillari

yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Sherzodjon Polvonov bugungi kunda dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar, iqtisodiy va madaniy integratsiya jarayonlari haqida to‘xtalib, yoshlarni global fikrlashga, tashabbuskor bo‘lishga va davlat taraqqiyotida faol ishtirok etishga undadi.

Dars davomida mamlakatimizning so‘nggi yillarda:

xalqaro nufuzining ortishi,

mintaqaviy va global hamkorliklarning mustahkamlanishi,

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat borasida muhim ma’lumotlar berildi.

Xususan, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar, xususan BMT va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorligi, yangi tashabbuslar va xalqaro maydonda ilgari surilayotgan strategik g‘oyalar haqida batafsil tushuntirildi.

Mashg‘ulot interfaol ruhda o‘tdi. Videomateriallar asosida dunyoda kechayotgan jarayonlar tahlil qilindi, talabalar bilan savol-javoblar va ochiq muloqot tashkil etildi. O‘quv jarayonining bunday formatda tashkil etilgani yoshlar uchun yanada qiziqarli va samarali bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda savollar berib, fikr-mulohazalarini bildirdilar va Vatan taraqqiyotida yoshlarning o‘rni naqadar muhim ekanini yanada chuqur his qildilar.

“Kelajak soati” ma’rifat loyihasi yoshlarning intellektual salohiyati, global fikrlashi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv talabalarni yangi g‘oyalar, chuqur bilimlar va kelajak uchun yanada yuksak maqsadlar sari ruhlantirdi.