
Farg‘ona davlat universitetida talabalarning ta’lim jarayoni, ilmiy izlanishlari va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalari hamda magistrantlari bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etdi va yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi.
Uchrashuv chog‘ida rektor ta’lim va ilm-fan yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. U o‘z nutqida:
ta’lim sifatini oshirish,
xorijiy tillarni mukammal o‘rganish, xalqaro tajribani o‘zlashtirish, innovatsion fikrlash va o‘z ustida tinimsiz ishlash bugungi yoshlarning eng muhim vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, magistrantlarning ilmiy izlanishlarga jalb qilinishi, zamonaviy tadqiqot metodologiyalaridan foydalanish, ilmiy natijalarni amaliyotga yo‘naltirish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida:
- ilmiy loyihalar,
- xalqaro akademik hamkorlik imkoniyatlari,
- grant dasturlari,
- ilmiy maqola va konferensiyalar faoliyati
kabi masalalar muhokama qilindi.
Rektor fakultet professor - o‘qituvchilari va magistrantlari o‘rtasida ilmiy maktabni rivojlantirish, mustaqil fikrlovchi, kreativ va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash zarurligini qayd etdi.
Talabalar uchrashuv davomida ta’lim jarayoniga doir o‘z takliflarini bildirdilar, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Rektor ularning har bir fikrini diqqat bilan tinglab, zarur tavsiyalar berdi hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Talabalar muloqot jarayonidan katta taassurot oldilar va bu kabi uchrashuvlar ularni yanada faol, izlanishlarga intiluvchan bo‘lishga undashini bildirdilar.
Farg‘ona davlat universitetida Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish talabalari bilan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlarni:
- ilmiy va intellektual salohiyatini oshirish,
-til kompetensiyalarini rivojlantirish,
- zamonaviy akademik jarayonlarga moslashish,
-mas’uliyatli yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida muhim motivatsion omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
