
Xalqaro hamkorlik doirasida Farg‘ona davlat universitetida Italiya–Markaziy Osiyo formatidagi “1+5” muloqoti koordinatori, favqulodda va muxtor elchi Federiko Failla boshchiligidagi Italiya delegatsiyasi tantanali tarzda kutib olindi.
Uchrashuvda, shuningdek, Bolonya universiteti hamda Muqaddas Yurak Katolik universiteti (Università Cattolica del Sacro Cuore) professorlari ham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tomonlar Farg‘ona viloyati va FarDUning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik strategiyalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuv kun tartibida quyidagi yo‘nalishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi:
Italiya universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish
Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkor laboratoriyalar va markazlar tashkil etish
Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlari
Sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, yashil iqtisodiyot bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar
Madaniy va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish
Italyan delegatsiyasi FarDUdagi ta’lim jarayoni, ilmiy loyihalar va infratuzilma bilan tanishdi. Uchrashuv ishtirokchilari universitetda mavjud ilmiy salohiyat hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini yuqori baholadilar.
Suhbat iliq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida qat’iy intilishini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professorlar almashinuvi hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.
Mazkur tashrif Farg‘ona davlat universitetining xalqaro miqyosda tobora mustahkamlanayotgan o‘rnini yana bir bor tasdiqladi. Hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga, yoshlarning global bilim maydonlariga chiqishiga xizmat qiladi.



