Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​ILMIY YUTUQLAR!

16:06, 01.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi yana bir ulkan ilmiy muvaffaqiyat bilan faxrlanadi. Chet tillari fakulteti, Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchisi hamda tayanch doktoranti Tashmatova Gulnara Rafailovna pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqot 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi doirasida amalga oshirildi. Gulnara Rafailovnaning “Nofilologik yo‘nalish talabalari kasbiy kommunikativ kompetensiyasini CLIL texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasi (iqtisod yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli ilmiy kengashda ko‘rib chiqildi va 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Bugungi globallashuv sharoitida iqtisod sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun xorijiy til, ayniqsa ingliz tilida samarali kasbiy muloqot olib borish ko‘nikmasi juda muhim ahamiyatga ega.

Gulnara Tashmatovaning ilmiy ishi:

CLIL (Content and Language Integrated Learning) texnologiyasini iqtisod yo‘nalishidagi talabalarga moslashtirish,

ularning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish,

amaliy o‘qitish metodikasini takomillashtirish

bo‘yicha innovatsion yechimlar taklif etadi.

Ushbu yondashuv nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy ta’lim jarayoniga joriy etish imkoniyati bilan ham ahamiyatlidir. Bu esa respublikamizda kasbiy ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi.