Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

O‘ZBEKISTON – XITOY TA’LIM FORUMI: FarDU VA SHUNJON UNIVERSITETI HAMKORLIGINING YANGI BOSQICHI

10:18, 04.11.2025      

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi munosib ishtirok etmoqda. Mazkur forum ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida Farg‘ona davlat universiteti va Shinjon universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik olib boriladi:

o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlari;

qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

ilmiy kadrlar tayyorlash va malaka oshirish;

ilmiy va o‘quv adabiyotlarini hamkorlikda yaratish hamda nashr qilish.

Shuningdek, kelgusida GIS texnologiyalari, tarix va arxeologiya, kimyo, fizika-matematika, informatika hamda biologiya yo‘nalishlarida ham qo‘shimcha hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan. Bu esa FarDU talaba va professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro ilmiy makonga chiqish, tajriba almashish va innovatsion g‘oyalarga asoslangan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda jahon ta’lim tizimi globallashuv jarayonida bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro akademik hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xitoyning yetakchi universitetlari bilan aloqalarni kuchaytirish Farg‘ona davlat universitetining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish, ilmiy salohiyatini oshirish va zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etishga xizmat qiladi.

qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;

talabalar uchun Xitoy universitetlarida o‘qish va stajirovka imkoniyatlari yaratiladi;

qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi;

ilmiy loyihalar va nashrlar soni ortadi.

Farg‘ona davlat universiteti xalqaro ta’lim maydonida o‘z mavqeini mustahkamlash, ilmiy hamkorlik geografiyasini kengaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida samarali tashabbuslarni izchil davom ettirmoqda.