Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“REKTOR VA YOSHLAR” — OCHIQ MULOQOT, YANGI G’OYALAR VA ISHONCHLI KELAJAK SARI

12:13, 05.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda FarDU rektori Bahodir Shermuhammadov guruh sardorlari bilan bevosita muloqot o‘tkazdi. Tadbir jarayonida ta’lim sifatini oshirish, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning ilmiy va ma’naviy rivojiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Rektor nutqi davomida, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z bordi. U zamonaviy O‘zbekiston yoshlarini ana shu yuksak ilmiy merosga tayanib, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan, tashabbuskor va raqobatbardosh bo‘lishga chorlab, bugungi kun bilim olish imkoniyatlarini qadrlash lozimligini ta’kidladi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlaridan asosiy maqsad — har tomonlama yetuk, keng dunyoqarashga ega, mas’uliyatli va intellektual salohiyati yuqori avlodni tarbiyalashdir,” — dedi u.

Rektor uchrashuvda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ta’lim va tarbiya borasidagi fikrlariga alohida urg‘u verdi:

“Najot – ta'limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi. Agar biz sun’iy intellektni boshqarmasak, u bizni boshqaradi.”

Mazkur fikrlar bugungi raqamli davrda ta’limning o‘rni naqadar beqiyos ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z muammolari, taklif va tashabbuslarini ochiq bayon qilishdi. Rektor ularni diqqat bilan tinglab, amaliy yechimlar berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi. Talabalar bilan samimiy suhbat jarayonida universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikrlar almashildi.

Uchrashuv natijasiga ko’ra:

Talabalar muammolarini tinglash va hal etish mexanizmi kuchaytirildi.

Yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Yoshlarning ilmiy va ijtimoiy faolligiga rag‘bat berildi.

Universitetda ochiq muloqot an’anasini davom ettirish belgilandi.

Tadbir yakunida rektor barcha yoshlarga ilm olishda sobitlik, tashabbuskorlik va jasorat tiladi.