Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“INKLYUZIV TA’LIM” YO’NALISHIDA YANGI ILMIY YUTUQ

11:23, 06.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti “Inklyuziv ta’lim” kafedrasi dotsenti Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Ko‘rishida muammolari bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ilmiy ish 2025 yil 4-noyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07 raqamli bir martalik ilmiy kengashda ko‘rib chiqildi va 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi. Bu natija nafaqat olima, balki butun FarDU ilmiy jamoasi uchun katta faxr va ilhom manbai bo‘ldi.

Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovnaning ilmiy izlanishlari maxsus pedagogika yo‘nalishiga, xususan, ko‘rishida muammolari bo‘lgan bolalarning ta’lim jarayonida mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan.

Dissertatsiyada:

  • -zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida inklyuziv ta’limda differensial metodik tizim ishlab chiqilgan;
  • -maxsus ehtiyojli o‘quvchilarning tafakkur rivojini qo‘llab-quvvatlovchi innovatsion mashg‘ulot shakllari va interfaol usullar taklif etilgan;
  • -o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mazkur tadqiqot natijalari nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularni ta’lim tizimining turli bosqichlarida joriy etish imkoniyati mavjud.

Himoya jarayonida ilmiy kengash a’zolari dissertatsiya muallifining ilmiy izlanishlari chuqur tahlil, mustaqil yondashuv va tajriba natijalariga tayanishini alohida e’tirof etdilar.

Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna o‘z tadqiqoti orqali inklyuziv ta’limning dolzarb masalalariga ilmiy yechim taklif etib, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi ijtimoiy ahamiyatli yo‘nalishlardan biriga munosib hissa qo‘shdi.

Farg‘ona davlat universiteti so‘nggi yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha izchil ish olib bormoqda.

Yangi ilmiy himoyalar, xalqaro loyihalar va nufuzli nashrlarda chop etilayotgan maqolalar FarDU jamoasining ilm-fan sohasidagi raqobatbardoshligini oshirmoqda.