Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“O’ZBEKISTONDA BOTANIKA FANINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

14:25, 10.11.2025      


Farg‘ona davlat universitetida “O‘zbekistonda botanika fanining rivojlanish istiqbollari va muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Ushbu tadbir universitetning Botanika va biotexnologiya kafedrasi dotsenti, taniqli botanik olim Valijon Mahmudovning 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Anjumanda respublika va xorijdan yetuk olimlar, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekistonda botanika fanining bugungi holati, istiqboldagi ilmiy yo‘nalishlar, ekologiya, bioxilma-xillikni saqlash va tabiatni muhofaza qilish masalalari keng muhokama qilindi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboyevning sohada sun’iy intellektdan samarali foydalanish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shu bilan birga, ilg‘or texnologiyalar yordamida ekologik monitoring, bioxilma-xillikni saqlash va ilmiy tadqiqotlarni samarali olib borish istiqbollari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu konferensiya nafaqat olimlar o‘rtasida tajriba almashish imkonini yaratdi, balki yosh tadqiqotchilar uchun motivatsion platforma sifatida ham xizmat qildi. Tadbir yakunida olimlar va ishtirokchilar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy loyihalarni kengaytirish va xalqaro tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

Farg‘ona davlat universiteti botanika fanining rivojlanishida yetakchi markaz sifatida ilmiy izlanishlarni davom ettiradi.