Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA VOLLEYBOL

09:19, 11.11.2025      

Farg’ona davlat universiteti Sport majmuasida “Besh Tashabbus Olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Hududiy oliy ta’lim muassasalari talaba-yigitlari o‘rtasida tashkil etilgan saralash bosqichi jonli va qiziqarli bellashuvlarga boy bo‘ldi va sportchilarning mahorati, tezligi hamda jamoaviy ruhini namoyish etish imkonini berdi.

Musobaqa natijalari quyidagicha:

1-o‘rin: FarDU jamoasi

2-o‘rin: QDPU jamoasi

3-o‘rin: FDTU jamoasi

“FarDU” jamoasi mazkur g‘alabasi orqali Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu natija nafaqat talabalarning sportdagi yutuqlari, balki universitetning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muvaffaqiyatlarini yana bir bor tasdiqladi.

Saralash musobaqasi davomida har bir jamoa o‘zining strategiyasi, tezkor qarorlari va jamoaviy ruhini namoyish etdi. Ayniqsa, “FarDU” jamoasining sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishi va final bosqichga yo‘l olishi yosh sportchilarni rag‘batlantiruvchi voqea sifatida e’tiborga molik bo‘ldi.