Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

PROFILAKTIK TADBIR: IJARADA YASHOVCHI TALABALAR BILAN ISHLASH

08:57, 15.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetida talabalar xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida ijarada yashovchi talabalar bilan muntazam ravishda profilaktik-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar orqali yoshlarning xavfsizlik bo‘yicha savodxonligini oshirish, dolzarb holatlarda to‘g‘ri harakat qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy maqsad etib belgilanadi.

Navbatdagi profilaktik uchrashuvda soha mutaxassislari, fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etib, talabalar uchun kundalik hayotda va favqulodda vaziyatlarda amal qilinishi lozim bo‘lgan muhim qoidalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berishdi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

  • -Yong‘in xavfsizligi qoidalari;
  • -Gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish tartibi;
  • -Zarur hollarda evakuatsiya jarayonini to‘g‘ri amalga oshirish;
  • -Tungi vaqtdagi shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya etish;
  • -Mutaxassislar har bir mavzu bo‘yicha sodda, tushunarli va amaliy misollar asosida tushuntirish berib, talabalarni ehtiyotkorlikka chaqirdilar.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, ijarada yashovchi talabalar uchun xavfsizlik madaniyati nafaqat o‘zini asrash, balki atrofdagilarning hayotiga befarq bo‘lmaslik, mas’uliyatni his qilish va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qila olish bilan chambarchas bog‘liq.

Shu maqsadda, talabalar yashash hududlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarda:

  • -kimga murojaat qilish,
  • -qaysi xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilish,
  • -qanday choralar ko‘rish kabi savollar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Farg‘ona davlat universiteti talabalari uchun xavfsiz yashash va ta’lim olish sharoitlarini yaratish doimiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘tkazilgan profilaktik tadbir esa talabalar ongida hushyorlik, mas’uliyat va xavfsizlik madaniyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.