Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MAKTUB!

16:25, 15.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti rektori

Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovichga

Hurmatli Bahodirjon Shermuhammadovich!

Belorus adabiyoti klassigi Yakub Kolasning (Konstantin Mixaylovich Mitskevichning) avlodlari nomidan Sizga Farg‘ona davlat universitetida shoir nomidagi auditoriyaning ochilishi munosabati bilan samimiy minnatdorlik so‘zlarini bildirishga izn bering.

Yakub Kolas Toshkentda ikki yarim yil yashagan va ishlagan. Shu vaqt davomida belorus shoiri ko‘plab o‘zbek yozuvchilari va shoirlari — Xamid Olimjon, Zulfiya, Xamid G‘ulom, G‘afur G‘ulom, Oybek, Mirtеmir va boshqalar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatgan. Uchrashuvlarning xotirasi bugungi kungacha saqlanib kelayotgan suratlar, iliq esdaliklar va muallif imzolagan kitoblarda o‘z ifodasini topgan.

Biz uchun juda quvonarliki, Yakub Kolasni O‘zbekistonda bilishadi va sevishadi. Bu shunchaki so‘z emas… Uning asarlarining o‘zbek tiliga yangi tarjimalari paydo bo‘layotgani, 2018- yilda Toshkentda Yakub Kolas xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik doskasi o‘rnatilgani — u yashagan va ijod qilgan Toshkent ko‘chasida uning nomi abadiylashtirilgani buni tasdiqlaydi. O‘zbekistonda belorus adabiyoti klassigi merosiga bag‘ishlangan yana bir ilmiy markaz paydo bo‘layotgani bizni mamnun qiladi — bu ikki davlatimiz o‘rtasidagi adabiyot sohasidagi do‘stlik rishtalarining mustahkamligidan dalolatdir.

Sizga va ta’lim muassasangiz xodimlariga Yakub Kolas nomidagi auditoriyani tashkil etganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektoringiz Raximov Zokir Azimovichga yosh avlodni tarbiyalash, shoir shaxsiga e’tibor va davlatlarimiz o‘rtasida do‘stlik ramzi bo‘lgan yangi timsolni yaratishdagi hissasi uchun alohida minnatdorchilik izhor etamiz. U bilan aloqada bo‘lganimizdan juda xursand bo‘ldik.

Minnatdorlik belgisi sifatida biz Farg‘ona davlat universiteti Yakub Kolas nomidagi auditoriyasiga shoir asarlarining nashrlarini topshiramiz. Umid qilamizki, ushbu auditoriyada o‘tkaziladigan tadbirlar O‘zbekiston va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi madaniy va ta’limiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Mitskevich Vasilina Valeryevna,

Yakub Kolasning evarasi,

Yakub Kolas davlat adabiy-memorial muzeyi asosiy fondlari bosh saqlovchisi,

O‘zbekistonning Belarus Respublikasidagi turistik brendi elchisi