Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

O‘ZBEKISTON–GERMANIYA TA’LIM FORUMI

16:04, 19.11.2025      

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Germaniya universitetlari ta’lim forumi doirasida Farg‘ona davlat universiteti xalqaro aloqalarini yanada kengaytiruvchi muhim qadamni amalga oshirdi. Tadbir davomida Farg‘ona davlat universiteti va Germaniyaning Zittau/Görlitz amaliy fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim va ilmiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiluvchi keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Kelishuvga ko‘ra, tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘adilar:

  • -talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi,
  • -stajirovkalar va amaliyot dasturlari,
  • -qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ilmiy loyihalarni amalga oshirish,
  • -seminar, konferensiya va ma’ruzalar tashkil etish,
  • -PhD doktorantlar uchun qo‘shma ilmiy rahbar tayinlash,
  • -qo‘shma diplom dasturlarini joriy etish,
  • -ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashuvini kuchaytirish.

Hamkorlik memorandumi, shuningdek, ikki oliygohning ilmiy salohiyatini birlashtirish, xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish va innovatsion ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyat yaratadi. Ushbu kelishuv Farg‘ona davlat universitetining global ta’lim makonida nufuzini oshirish, talaba va yosh olimlarga Yevropa oliy ta’lim tizimi bilan bevosita tanishish hamda amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.

Zamonaviy bilimlar, ilg‘or texnologiyalar va xalqaro standatlarga asoslangan qo‘shma tashabbuslar ikki mamlakat oliy ta’limi o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.