
Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida yoshlar va soha mutasaddilari o‘rtasida ochiq muloqot ruhida o‘tgan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari X. Axmedov, viloyat Turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Temirov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi” boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik I. Hamroqulov, shuningdek, yosh turizm elchilari va universitetning iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida mutasaddilar tomonidan Farg‘ona viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan:
Ushbu ma’lumotlar talabalarda turizm sohasining istiqbollari va unda faol ishtirok etish imkoniyatlariga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirning eng muhim qismida yoshlarning takliflari tinglandi. Talabalar turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, mahalliy brendlarni targ‘ib qilish hamda hududlarning o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarini yaratish bo‘yicha o‘z g‘oyalarini taqdim etdilar.
Yoshlarning bir qator innovatsion loyihalari mutasaddilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va kelgusida ularni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Bu esa yoshlar uchun katta motivatsiya va yangi ijodiy imkoniyatlar manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Uchrashuv nihoyasida Yosh turizm elchilari Kengashi a’zolari o‘z loyihalari va tashabbuslari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etdilar. Taqdimotlar yoshlarning turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishi, kreativ yondashuvi va tashabbuskorligini yaqqol namoyon etdi.
Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv yoshlar va mutaxassislar o‘rtasida samarali dialog platformasiga aylandi. Tadbir talabalarda amaliy bilimlarni mustahkamlash, yangi g‘oyalar ishlab chiqish va soha bo‘yicha keng imkoniyatlardan xabardor bo‘lishga xizmat qildi.