Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA “JAHON FALSAFA KUNI”

16:30, 20.11.2025      

UNESCO tashabbusi bilan 20- Noyabr butun dunyo bo‘ylab “Jahon falsafa kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mazkur sana global miqyosda falsafaning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni, ilmiy tafakkurning jamiyat rivojiga ta’siri va insoniyat oldidagi dolzarb masalalarda ongli yondashuvni shakllantirishga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti hamda Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi tashabbusi bilan mazkur kun doirasida mazmunan boy, ilmiy va ma’rifiy ruhdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirning bosh g‘oyasi —

  • -yoshlarning falsafiy tafakkurini rivojlantirish,
  • -ularni keng dunyoqarash egasi sifatida tarbiyalash,
  • -zamonaviy globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan murakkab muammolarga falsafiy yondashuv orqali yechim topishga undash,
  • -ilmiy muloqot va bahs-munozara madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga falsafaning tarixiy ildizlari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, axborot asri, sun’iy intellekt, ekologik muammolar, global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar kabi bugungi kun masalalariga falsafiy nuqtai nazardan qarash zarurligi haqida keng qamrovli ma’ruzalar taqdim etildi.

Anjuman davomida professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etib, turli falsafiy maktablar, g‘oyalar va zamonaviy falsafiy muammolar yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralarda ishtirok etdilar.

Tadbir nafaqat ma’rifiy, balki talabalarning mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlovchi samarali muloqot maydoniga aylandi. Ishtirokchilar bugungi dunyoning murakkab jarayonlarini anglashda falsafaning o‘rni naqadar muhim ekanini yana bir bor his qildilar.

Tadbir yakunida falsafaning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, uning insonni mustaqil fikrlashga, borliqni chuqur anglashga undovchi qudrati alohida ta’kidlandi.

Mazkur ilmiy-ma’rifiy uchrashuv yoshlar ongida falsafiy madaniyatni shakllantirish, ularga teran fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.