Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

E`lon

13:14, 14.04.2025      

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 martdagi 149-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bo‘yicha muddatlari haqida ma’lumot

To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari, belgilangan toifadagi talabalarga ajratiladigan qo‘shumcha davlat granti va universitet grantiga da’vogar talabalar uchun rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan 2025-yili 20-iyulga qadar;

Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan Nizomda belgilangan tartib va muddatlarda talabgorlarning hujjatlari va natijalari baholanib, Maxsus komissiyaga taqdim etilish 2025-yili 1-avgustga qadar;

Maxsus komissiya tomonidan: ta’lim grantlari (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari) o‘rniga mos ravishda shakllantirilgan talabgorlar ro‘yxatini universitet kengashiga kiritilishi 2025-yili 15-avgustga qadar;

Belgilangan toifadagi talabalar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat grantiga tavsiya etiladigan talabgorlar ro‘yxatini universitet rektoriga kiritilishi 2025-yili 20-avgustga qadar;

Universitet kengashining qaroriga asosan tavsiya etilgan talabalarga ta’lim granti berish 2025-yil 1-sentabrga qadar;

Maxsus komissiya tavsiyasiga asosan belgilangan toifadagi talabalarga qo‘shimcha davlat granti berish 2025-yil 5-sentabrga qadar;

Maxsus komissiya tavsiyasiga asosan belgilangan toifadagi talabalarga universitet granti berish 2025-yili 5-sentabrga qadar;

Ta’lim grantini qayta taqsimlash jarayonlaridan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun har bir ko‘rsatkich bo‘yicha natijalar e’lon qilingandan so‘ng 48 soat davomida universitetning rasmiy veb-sayti orqali apellyatsiyaga berish mumkin.