Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT FAXRI”

13:52, 22.11.2025      

Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan “Milliy kun” doirasidagi navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalar hayotida unutilmas lahzalardan biriga aylandi. Tadbirning bosh maqsadi — yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, xalqimizning boy tarixi, bebaho qadriyatlari va mustahkam an’analariga hurmat ruhini yanada chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir chog‘ida o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, pedagoglar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yetakchilar tomonidan milliy an’analar, udumlar va yurtimiz tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar o‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat, shijoat, saxovat, kattaga hurmat, kichikka izzat kabi fazilatlarning naqadar muhimligini yana bir bor anglab yetdilar.

Milliy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazish, ularni zamonga mos tarzda targ‘ib etishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. “Milliy qadriyatlar – millat faxri” shiori ostida o‘tgan tadbir o‘zining samimiy muhit va chuqur mazmuni bilan ishtirokchilarni o‘ziga rom etdi.

Tadbir davomida talabalar milliy liboslar namoyishi, folklor chiqishlari va ijodiy ko‘rgazmalar orqali milliy san’at va madaniyatning jozibasini his etdilar. Bunday ko‘ngilochar-ma’rifiy faoliyatlar nafaqat bayramona kayfiyat uladi, balki yoshlarning ijodiy fikrlashi, tashabbuskorligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

Ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan bo‘lishar ekan, bugungi tadbir ularda milliy g‘urur, vatanga sadoqat va yagona xalq sifatida birlik tuyg‘usini yanada mustahkamlaganini ta’kidladilar.

“Milliy kun” doirasida tashkil etilgan bu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv talabalar qalbida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani qadrlash va yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan yashashga undovchi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yoshlar ongida: “Milliy qadriyatlarni e’zozlash — millatga bo‘lgan muhabbatning eng yuksak ifodasidir” degan g‘oyani mustahkam o‘rnata oldi.