Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ILMIY FAOLIYATNING GLOBAL TALABLARI MUHOKAMA ETILDI

14:49, 22.11.2025      

Farg‘ona davlat texnika universitetida zamonaviy ilmiy tadqiqot jarayonining ajralmas qismi bo‘lgan ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bag‘ishlangan amaliy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir ORCID, Web of Science va Springer Nature xalqaro platformalarida samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

Seminarda ishtirokchilarga ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga mos yozish, ilmiy profil yaratish, xorijiy nashrlar bilan ishlash, elektron identifikatsiya tizimlari (ORCID) va yetakchi ilmiy ma’lumotlar bazalarida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.

Trening davomida xalqaro platformalarning afzalliklari, ularning ilmiy tadqiqotlarni ommalashtirish va iqtiboslar sonini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Ishtirokchilar Web of Science bo‘yicha ilmiy manbalarni qidirish, jurnallar impakt-faktorini aniqlash, maqola joylashtirish jarayonlari va nashr etish talablari bilan yaqindan tanishdilar. Springer Nature platformasida maqola yuborish tartibi, nashr etikasi, tahririy jarayonlar va maqola mavzusini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminarda Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, ilmiy faoliyatda global axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning ishtiroki tadbirni yanada mazmunli qilgan bo‘lsa, ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Mazkur amaliy seminar yosh olimlar, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro ilmiy maydonda faol ishtirok etish, ilmiy maqolalarni global standartlarga muvofiq tayyorlash hamda ilmiy nufuzni oshirish yo‘nalishida muhim qadam bo‘ldi.