


Farg‘ona viloyatida ilk bor Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2025” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlov yosh mutaxassislarning boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, davlat xizmatida samarali faoliyat yurita oladigan malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishni maqsad qilgan.
Mazkur nufuzli tanlovda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari — Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Saidmuhammad To‘ychiboyzoda, Gulnoza Xamidova va Nilufar Ahmedovalar barcha saralash bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, g‘oliblar safidan munosib o‘rin egalladilar.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar:
G‘oliblarning barchasi Farg‘ona viloyatining TOP-100 istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi. Bu ularga kelajakda:
Tadbir yakunida g‘oliblarga kasbiy salohiyati va intellektual mehnati e’tirofi sifatida sertifikatlar va ko‘krak nishonlari topshirildi. Ularning tanlovdagi muvaffaqiyati nafaqat shaxsiy yutuq, balki Farg‘ona davlat universiteti ilmiy salohiyatining ham yorqin namunasidir.