
Xotira — bu o‘tmish bilan bugun orasidagi ko‘prikdir. Uni asrash, o‘rganish va davom ettirish burchimizdir.
O‘zbek xalqining og‘ir sinovlarga to‘la tarixida 1937–1938 yillardagi qatag‘on davri eng fojeali sahifalardan biridir. Bu mudhish yillarni chuqur o‘rganish, begunoh qurbonlar xotirasini asrab avlodlarga yetkazish har bir ilmiy maskanning sharafli va mas’uliyatli vazifasidir. Shu maqsadda FarDU tarkibidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi xodimlari Buxoro davlat universiteti muzeyiga xizmat safari uyushtirdi.
Tashrif davomida ikki oliygoh muzeylari o‘rtasida:
Eng muhimi, qatag‘on davrida nohaq ayblanib, hayoti izdan chiqqan bir qator tarixiy shaxslar haqida yangidan topilgan ma’lumotlar o‘rganildi. Ular orasida: Musojon Saidjonov,Muhammadjon Avazjonov, Alovuddin Isomiddin Hamidovich, O‘zbekistonning ilk huquqshunos ayoli — Diloro (Dinara) Yusupova
kabi fidoyi va ma’rifatparvar shaxslar bor.
Ularning hayoti, faoliyati va fojiali taqdirini tadqiq qilish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar belgilandi. Ushbu materiallar kelgusida yangi ilmiy maqolalar, ko‘rgazmalar va ochiq ma’ruzalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tashrif doirasida delegatsiya quyidagi tarixiy maskanlarda ham bo‘ldi:
Shuningdek, tashrif davomida ikki muzey o‘rtasida qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma ko‘rgazmalar, yoshlar uchun ma’rifiy dasturlar bo‘yicha kelishuvlar ham muhokama qilindi.
Bu esa qatag‘on qurbonlari xotirasini yanada keng miqyosda o‘rganish, ularni avlodlar qalbida tirik saqlashga xizmat qiladigan muhim hamkorlikdir.
Qatag‘on yillaridagi fojialar — xalqimiz tarixidagi unutib bo‘lmaydigan sahifadir. FarDU va BuxDU muzeylari o‘rtasidagi ushbu ilmiy hamkorlik nafaqat tarixiy adolatni tiklashga, balki yosh avlodni tarixdan saboq olishga undashga xizmat qiluvchi muhim qadam bo’ldi.