

Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti Osiyo adabiy makonining eng yirik ilmiy maydoniga aylandi. “Osiyo xalqlari adabiyoti: an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada tashkil etilib, unda dunyoning turli davlatlaridan taniqli adabiyotshunoslar, tilshunoslar, tarjimashunoslar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Anjumanda O‘zbekiston bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon, AQSh, shuningdek, Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan yetakchi professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va yosh olimlar qatnashdi.
Ular turli madaniyatlar va adabiy maktablar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, Osiyo xalqlarining umumiy adabiy merosi va zamonaviy jarayonlar xususida fikr almashdilar.
Anjuman doirasida 5 ta sho‘ba bo‘limi faoliyat ko‘rsatdi. Ularda:
Har bir sho‘ba bo‘limida fikrlar boyligi, ilmiy bahslar va keng muhokamalar anjumanning ilmiy ahamiyatini yanada oshirdi.


Anjuman Osiyo xalqlarining adabiy merosini chuqur o‘rganish, zamonaviy adabiy jarayonlarni baholash va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim maydon bo‘ldi. Tadbir davomida yangi hamkorlik loyihalari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu xalqaro anjuman nafaqat Osiyo adabiyotining boy tarixini yoritdi, balki yangi ilmiy yo‘nalishlar, zamonaviy adabiy tendensiyalar va yosh olimlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Filologiya fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu ilmiy maydon — adabiyotning ilhomlantiruvchi kuchi va xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy do‘stlikning yana bir yorqin namunasidir.