Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jamoatchiligi uchun yana bir quvonchli yangilik! Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti huzuridagi Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Matmusayeva Muhayyo Azamovna o‘z ilmiy izlanishlarining yuksak natijasiga erishdi.
U 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “O‘zbek bolalar o‘yin nomlarining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi.
Eng e’tiborlisi, ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya 100% ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bu natija tadqiqotning ilmiy ahamiyatini, mavzuning dolzarbligi va dissertantning izlanishlaridagi puxtalikni yana bir bor tasdiqlaydi.
Matmusayeva Muhayyo Azamovnaning ilmiy ishi o‘zbek bolalarining qadimdan shakllangan o‘yin madaniyatiga, o‘yinga berilgan nomlarning:
Bolalar o‘yinlari orqali xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari, tarbiyaviy qarashlari va ma’naviy merosining qanday aks etishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar filologiya va madaniyatshunoslik yo‘nalishlari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur dissertatsiya:
O‘zbekistonning boy madaniy merosini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, uni kelajak avlodga yetkazish yo‘lidagi bu tadqiqot katta ilmiy va amaliy qiymatga ega.