


Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan 4-sonli Kengash yig‘ilishi jamoaning ilmiy salohiyati, ijodiy izlanishlari va sportdagi muvaffaqiyatlarini yana bir bor namoyish etgan muhim tadbir bo‘ldi.
Kengash yig‘ilishining dastlabki qismida Oliy Attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq ilmiy daraja va unvonlari tasdiqlangan professor-o‘qituvchilarga tegishli guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi. Bu jarayon FarDU ilmiy jamoasining izchil mehnati, ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi va sifatli kadrlar tayyorlashdagi yuqori salohiyatini aks ettiradi.
Universitetning yoshlar jamoasi respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda munosib natijalar ko‘rsatib, FarDU sha’nini yana bir bor yuksaltirdi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Yangi talantlar” xalqaro tanlovida “Mukarrama Turg‘unboyeva izdoshlari” raqs to‘garagi quyidagi natijalar bilan faxrlandi:
Muhitdinova Mohidil – 1-o‘rin (yakkaxon ijro)
Ismoiljonova Xusnida, Fazliddinova Farzona – 1-o‘rin (ansambl ijro)
Ushbu g‘alabalar FarDUda raqs san’atiga bo‘lgan e’tibor, to‘garak a’zolarining mahorati va ijodiy izlanishlari samarasidir.
Sportchilarimiz – xalqaro va respublika musobaqalari sovrindorlari
Mazkur natijalar FarDU sport maktabining izchil rivojlanayotganini, murabbiylar va sportchilarning jonkuyarligini yaqqol ko‘rsatadi.
Talabalar orasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”da FarDU jamoalari ham yaxshi natijalar qayd etdi:
Bu g‘alabalar FarDU yoshlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy ruh va tashabbuskorligini yana bir bor tasdiqladi.
FarDUning 4-son Kengashi jamoaning ilmiy yutuqlari, sportdagi muvaffaqiyatlari va ijodiy salohiyatini birlashtirgan muhim voqea bo‘ldi. Universitet jamoasi bundan buyon ham ilm-fan, sport va madaniyat yo‘nalishlarida yangi marralarni zabt etishga intilishda davom etadi.