
FarDU “Rektori kubogi” g‘oliblari aniqlandi!
Farg‘ona davlat universiteti Sport–sog‘lomlashtirish majmuasi voleybol zalida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar o‘rtasida PARAVOLEYBOL bo‘yicha “Rektori kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqa sport orqali yoshlarni birlashtirish, ularning faolligi va irodasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
G‘olib va sovrindorlar:
1-o‘rin — Toshkent jamoasi
2-o‘rin — FarDU (Farg‘ona viloyati) jamoasi
3-o‘rin — Andijon viloyati jamoasi
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!