Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 508
  • Ko`rib chiqilganlar 474
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Ilmiy xushxabar

13:55, 01.12.2025      

Komilova Dilnozaxon Muhammad qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan himoya qilindi

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-noyabr kuni Komilova Dilnozaxon Muhammad qizining 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Badiiy matn implitsit mazmunini aktuallashtiruvchi ifodalar tadqiqi (detal komponentli matnlar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan o‘tkazilgan ochiq ovoz berish natijasiga ko‘ra, dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi va Komilova Dilnozaxon Muhammad qiziga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.