Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​Farg‘ona davlat universitetida “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari” doirasida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

11:11, 04.12.2025      

Bugun Farg‘ona davlat universitetida Ozarbayjonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari” doirasida Ozarbayjon xalq shoiri Baxtiyor Vahobzodaning “Jonimga jo — Ozarbayjonim” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Akif Marifli boshchiligidagi delegatsiya vakillari, universitetning Pedagogika-psixologiya, San’atshunoslik va Filologiya fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida Baxtiyor Vahobzodaning adabiy merosi, Ozarbayjon madaniyati va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning mustahkamlanishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.