
Universitet Gender tengligi tadqiqotlari markazi, Xotin-qizlar maslahat kengashi va ARM hamkorligida ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun “Yangi Konstitutsiya — xotin-qizlar huquq va erkinliklari himoyachisi” hamda “Zo‘ravonliksiz hayot — har bir ayolning huquqi!” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
Ma’ruzalar bilan Gender tengligi tadqiqotlari markazi rahbari, professor T. A. Egamberdieva hamda Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti, p.f.d. X. A. Yulbarsova chiqish qildilar. Ular yangi Konstitutsiyada ayollarning huquqiy kafolatlari kengaygani, gender tenglikni mustahkamlash borasidagi o‘zgarishlarning amaliy ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Axborot-resurs markazi tomonidan bayramga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga mazkur yo‘nalishdagi adabiyotlar taqdim qilindi.