Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“STEP BY STEP” — TARIXNI BILGAN YOSHLAR KELAJAK POYDEVORI

12:11, 23.12.2025      

Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan yoshlar ongida tarixiy xotira, milliy o‘zlik va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Tarix” fanidan “STEP BY STEP” shiori ostida fan olimpiadasi tashkil etildi.

Mazkur olimpiada talabalarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlash, tahlil qilish hamda tarixiy jarayonlarga xolisona yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, tanlov yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bilim va salohiyatni amaliy sinovdan o‘tkazish imkonini berdi.

“STEP BY STEP” tarix fan olimpiadasi ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda 200 nafardan ortiq talaba faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Savollar tarix fanining turli davr va yo‘nalishlarini qamrab olib, ishtirokchilardan nafaqat nazariy bilim, balki mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilishni ham talab qildi.

Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, eng faol va bilimli 7 nafar talaba saralab olinib, olimpiadaning ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu bosqichda ular yanada murakkab savol va topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini namoyon etishlari kutilmoqda.

Mazkur olimpiada yoshlarning tarixiy bilimlarini chuqurlashtirish, milliy o‘zlikni anglash hamda Vatanga sadoqat ruhini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.