Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY SALOHIYAT VA TADQIQOTLAR SIFATI MUHOKAMA MARKAZIDA

16:23, 24.12.2025      

Farg‘ona davlat universitetida ilmiy muhitni yanada mustahkamlash, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) raisi Ahmadbek Yusupov ishtirok etib, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Uchrashuv ilmiy faoliyatni rivojlantirish, zamonaviy talablarga mos tadqiqotlar olib borish va milliy hamda xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalalariga bag‘ishlandi.

Ochiq muloqot davomida OAK raisi oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, dissertatsiya ishlarini tayyorlash va rasmiylashtirishdagi dolzarb talablar, avtoreferatlarning sifati va mazmuniga qo‘yiladigan mezonlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadqiqot mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarni ishlab chiqarish va ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhim jihatlar sifatida alohida ta’kidlandi. Ilmiy izlanishlarda plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, xalqaro ilmiy bazalarda chop etiladigan maqolalar sifatini oshirish bo‘yicha ham aniq tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida Ahmadbek Yusupov ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berib, ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, dissertatsiya himoyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yosh tadqiqotchilarni ilm-fanga keng jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur uchrashuv Farg‘ona davlat universitetida ilmiy izlanishlarni yangi bosqichga olib chiqish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy faolligini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.