


Ayni kunlarda Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultetlarida Yangi yil bayrami munosabati bilan ko‘tarinki kayfiyatda, quvonch va samimiyatga boy bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Filologiya fakulteti, Iqtisodiyot fakulteti, Agrar qo’shma fakulteti, Fizika - matematika fakulteti, Harbiy ta'lim fakultetlarida bayram dasturlari yuqori saviyada o’tkazildi. Ushbu tadbirlar universitet jamoasini — professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni yagona maqsad va iliq kayfiyat atrofida birlashtirib, Yangi yil shukuhini yanada jo‘shqin namoyon etmoqda.
Bayramona bezatilgan sahnalar, Yangi yil ramzlari, rang-barang bezaklar va yorqin chiroqlar tadbirlarga alohida fayz bag‘ishladi. Talabalik hayotining eng go‘zal, oltindek qadrli lahzalari aynan mana shunday quvonchli damlarda yanada yorqin namoyon bo‘lib, ularni butun umrga xotira sifatida qalblarda muhrlab qo‘ymoqda.
Tadbirlar davomida talabalar tomonidan tayyorlangan qiziqarli sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar, hazil-mutoyibalar va teatrlashtirilgan chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Samimiy tabassumlar, iliq tilaklar va quvonchga to‘la onlar Yangi yil bayramining asl mohiyatini — ezgulik, birlik va umidni o‘zida mujassam etdi.
Shuningdek, faol va iqtidorli talabalar, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turgan yoshlar rag‘batlantirilib, ularning yutuqlari e’tirof etildi. Bu esa yoshlarda yangi marralarni zabt etishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirdi.



Yangi yil tadbirlari nafaqat bayramona kayfiyat, balki kelgusi yil uchun yangi rejalar, ezgu niyatlar va ulkan maqsadlar sari intilish ruhini ham singdirdi. Ushbu unutilmas lahzalar talabalik yillarining eng yorqin sahifalaridan biri sifatida xotiralarda muhrlanib, FarDU hayotida yana bir quvonchli sahifa ochdi.