Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XABARLAR

10:19, 27.12.2025      

Farg‘ona davlat universitetida filologiya sohasi uchun muhim ilmiy voqea qayd etildi. Universitetning mustaqil izlanuvchisi Shermamatova Sevara O‘ktamjon qizi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Izlanuvchining Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” va Gertruda Chendler Uornerning “Yuk vagonidagi bolalar” romanlarida o‘smir obrazi mavzusidagi tadqiqoti o‘zbek va jahon bolalar adabiyotini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘smir obrazining badiiy-estetik, psixologik va ijtimoiy jihatlari chuqur ilmiy asosda yoritib berilgan.

Dissertatsiya Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida muhokama qilinib, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan tadqiqot bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, 100 foiz ovoz bilan Shermamatova Sevara O‘ktamjon qiziga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

Mazkur ilmiy ish bolalar va o‘smirlar adabiyotini qiyosiy o‘rganish, milliy va xorijiy adabiy tajribani tahlil qilish, shuningdek, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida yangi tadqiqotlar olib borish uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.