Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDUDA YIL YAKUNI — MUNOSIB E’TIROF VA E’TIBOR

10:28, 27.12.2025      

Farg‘ona davlat universitetida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlov va loyihalar yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbir yil davomida faol ishtirok etib, o‘zining tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan talabalar hamda universitet xodimlarini munosib e’tirof etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib berib, jamoani kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida rektor yil davomida erishilgan muhim natijalar, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, universitet oldida turgan 2025-yilgi ustuvor vazifalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Marosim davomida yil mobaynida o‘tkazilgan turli tanlovlar, loyihalar, madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan talabalar hamda xodimlar diplomlar, vaucherlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu esa universitet jamoasining har bir a’zosiga bo‘lgan e’tibor va rag‘batning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tantanali tadbir samimiy tabriklar, quvonchli lahzalar va bayramona kayfiyatda o‘tib, yil yakuni sarhisobi sifatida barchaga ko‘tarinki ruh, yangi g‘oyalar va kelgusi marralar sari intilish bag‘ishladi.

FarDU jamoasi uchun mazkur tadbir nafaqat o‘tgan yilga baho berish, balki yangi yilda yanada yuksak natijalarga erishish yo‘lida mustahkam ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qildi.