Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FAXRIMIZ — IQTIDORLI TALABAMIZ YUTUQLARI E’TIROF ETILDI!

10:56, 27.12.2025      

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” mavzusida o‘tkazilgan milliy tanlov g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 77 yilligi, shuningdek 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Inson huquqlari o‘n kunligi” doirasida tashkil etildi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’limni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu tanlovda universitetimiz Tarix fakulteti, yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Habibullayev Muhammadrajab Obidjon o‘g‘li faol ishtirok etib, o‘zining bilim va salohiyatini munosib namoyon etdi. Natijada u tanlov yakunlariga ko‘ra III darajali diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu yutuq talabaning inson huquqlari sohasiga bo‘lgan qiziqishi, izlanishi va mas’uliyatli yondashuvi samarasi bo‘lib, yoshlarimizning huquqiy ta’lim va innovatsion fikrlashga bo‘lgan intilishini yaqqol namoyon etadi.