Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU TALABASI – YIL KASHFIYOTI

11:57, 29.12.2025      

Farg‘ona davlat universiteti talabalari yana bir bor yuksak natijalari bilan yurtimiz faxriga aylandi. Universitetimiz talabasi Mahdiya Muxtorova sport sohasidagi beqiyos yutuqlari, irodasi va qat’iyati bilan jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lib, “Yil kashfiyoti” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Mahdiya Muxtorova Osiyo miqyosidagi nufuzli sport musobaqasi — Para Osiyo o‘yinlarida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, nafaqat universitetimiz, balki butun mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Bu natija uning yillar davomida qilgan tinimsiz mehnati, kuchli intilishi va yuksak sport mahoratining yorqin samarasidir.

Yosh sportchi o‘zining qat’iyati va maqsadga intilishi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lib, imkoniyatlar cheklanmaganini, har qanday marrani zabt etish mumkinligini amalda isbotlab berdi. Uning ushbu yutug‘i sport orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni faol va irodali bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Yil kashfiyoti” nominatsiyasi Mahdiya Muxtorovaning sportdagi ulkan muvaffaqiyatlari, xalqaro maydondagi g‘alabalari va yosh avlod uchun namuna bo‘la oladigan shaxs sifatidagi faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.