Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASIGA MUNOSABAT

12:16, 30.12.2025      


Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultet va bo‘limlarida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi tinglandi.

Mazkur tadbir davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalarni chuqur anglash uchun muhim siyosiy-ma’rifiy maydon bo‘lib xizmat qildi. Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oyalar oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Tinglovlar davomida professor-o‘qituvchilar Murojaatnomada ta’lim sohasi, ilmiy tadqiqotlar, yoshlar siyosati, raqamli transformatsiya va iqtisodiy taraqqiyotga oid belgilangan vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Xususan, oliy ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kasblar bo‘yicha raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatni kuchaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur tadbir nafaqat muhim siyosiy-huquqiy hujjat bilan tanishish, balki universitet jamoasining kelgusidagi faoliyatini Murojaatnomada belgilangan vazifalar asosida tashkil etish, ta’lim jarayonida yangicha yondashuvlarni joriy etish borasida aniq maqsadlarni belgilash imkonini berdi.

Farg‘ona davlat universitetida Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish, ta’lim va ilm-fan sohasida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilish yo‘lida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.