Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY ISH HIMOYASI

12:32, 30.12.2025      

Farg’ona davlat universitet ilmiy hayotida yana bir muhim voqea qayd etildi. Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi tayanch doktoranti Qodirova Ra’noxon Mamirjonovna 07.00.01 — O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekiston maktablarida tarix ta’lim tizimining vujudga kelishi (1918–1940-yillar)” mavzusida tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mazkur dissertatsiya ishi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda muhokama qilinib, kengash a’zolari tomonidan 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi. Bu esa tadqiqotning dolzarbligi, tarixiy manbalar asosida chuqur tahlil qilinganligi hamda ilmiy yangiligi yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Tadqiqotda 1918–1940-yillar oralig‘ida O‘zbekiston maktablarida tarix fanini o‘qitish tizimining shakllanish jarayoni, ta’lim mazmuni, darsliklar va metodik yondashuvlar tarixiy manbalar asosida tahlil etilgan. Dissertatsiyada o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ta’lim tizimiga ta’siri ochib berilib, tarix ta’limining rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda yoritilgan.

Mazkur ilmiy ish natijalari O‘zbekiston ta’lim tarixini o‘rganish, tarix fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda pedagogika va tarixshunoslik yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.