Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA YANGI YIL BAYRAM TADBIRI

12:46, 30.12.2025      

Farg‘ona davlat universitetida Yangi yil bayrami munosabati bilan yil yakunlariga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir universitet hayoti, jamoaviy ruh va ilmiy yutuqlarni birlashtiruvchi iliq va samimiy muhitda tashkil etildi.

Tadbirda jamoatchilik nazorati kengashi raisi Abdug‘affor Sharofiddinov ishtirok etdi. U professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etdi, ularga kelgusida barkamol va muvaffaqiyatli yil tiladi.

Bayram dasturi o‘ziga xos shukuh, yangicha ssenariy va ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari bilan ajralib turdi. Tadbir davomida 2025-yil davomida universitet faoliyatida amalga oshirilgan muhim islohotlar, joriy etilgan innovatsion yangiliklar hamda qo‘lga kiritilgan yutuqlar keng muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan erishilgan yutuqlar, ilmiy loyihalar, olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatlar alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, 2026-yilda universitet jamoasi uchun yangi marralarni zabt etish, ilg‘or tajribalarni kengaytirish va mavjud natijalarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar yangi yil ruhiga to‘lib, umid va yangi rejalar bilan bayram kayfiyatida birlashdi.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasini Yangi yil bilan samimiy tabriklaymiz! Yangi yil barchaga baxt, sog‘liq va ulkan ilmiy yutuqlar olib kelsin!