Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XUSHXABAR

12:52, 30.12.2025      


Farg‘ona davlat universitetida ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘lida yana bir quvonchli va tarixiy voqea ro‘y berdi. Universitet Chet tillari fakulteti dekani Sobirova Zilolaxon Maxmudovna tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Sobirova Zilolaxon Maxmudovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Neyropsixolingvistika: nazariy asoslari hamda amaliy tatbiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda muhokama qilindi.

Mazkur tadqiqot zamonaviy tilshunoslikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan neyropsixolingvistika sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda til va tafakkur, nutq faoliyati hamda miya jarayonlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik nazariy va amaliy jihatdan kompleks tahlil qilingan. Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar tilshunoslik, psixologiya va kompyuter lingvistikasi sohalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, metodologik puxtaligi va amaliy ahamiyati yuqori baholanib, muallif tomonidan berilgan savollarga asosli va mukammal javoblar taqdim etildi.

Muhokamalar yakunida ilmiy kengash a’zolarining 100 foiz ovozi bilan Sobirova Zilolaxon Maxmudovnaga filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur muvaffaqiyat Farg‘ona davlat universitetida ilm-fan, xususan, tilshunoslik va chet tillarini o‘rganish yo‘nalishlarida olib borilayotgan tizimli va samarali ishlarning yana bir yorqin natijasi bo‘lib, yosh tadqiqotchilar uchun ham munosib ilmiy namuna hisoblanadi.