Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 481
  • Ko`rib chiqilganlar 447
    • Takliflar 60
    • Arizalar 372
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

PREZIDENT MUROJAATNOMASI: FILOLOGLAR NIGOHIDA

15:46, 05.01.2026      

Filologiya fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasining ustuvor yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni fakultet dekani M.Mamajonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u Murojaatnomaning bugungi globallashuv jarayonlarida tutgan o‘rni, mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik hujjat sifatidagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatilayotgan vazifalar hamda filologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan atroflicha fikrlar bildirildi.

Seminar davomida Murojaatnomada belgilangan ta’lim sifatini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning intellektual salohiyati va zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish kabi dolzarb masalalar filolog olimlar va professor-o‘qituvchilar nigohida tahlil qilindi. Xususan, ona tili va adabiyot ta’limini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Seminar yakunida fakultetning istiqboldagi “yo‘l xaritasi” belgilab olindi. Unda Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularning fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida kafedralar kesimida davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, shuningdek, insholar tanlovini tashkil etish rejalashtirildi.

Mazkur ilmiy-amaliy seminar filologiya fakultetida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga izchil tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.