Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 481
  • Ko`rib chiqilganlar 447
    • Takliflar 60
    • Arizalar 372
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MUROJAATNOMA — TA’LIM TARAQQIYOTI YO‘LIDA MUHIM DASTUR

13:51, 07.01.2026      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, ularni ta’lim jarayoniga izchil tatbiq etish maqsadida Farg‘ona davlat universitetining bir qator fakultetlarida ilmiy-amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Xususan, Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti hamda Tarix fakultetida Prezidentimiz Murojaatnomasining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar davomida globallashuv sharoitida ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan strategik islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish masalalari bilan bir qatorda tarixiy tafakkurni rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Murojaatnomaning muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, Iqtisodiyot fakultetida ham Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminar davomida iqtisodiy islohotlarning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bilan chambarchas bog‘liqligi, inson kapitalini mustahkamlash, shuningdek, raqobatbardosh iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash masalalari keng muhokama qilindi. Tadbir yakunida Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oyalarni talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib etishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Mazkur seminarlar Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni ta’lim tizimida izchil amalga oshirish, talaba-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularni mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ushbu tadbirlar kelgusida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.