Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 481
  • Ko`rib chiqilganlar 447
    • Takliflar 60
    • Arizalar 372
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XUSHXABAR

14:32, 07.01.2026      

Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti “Pedagogika” kafedrasi professori O‘rinova Nilufar Muhammadovna tomonidan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Mazkur dissertatsiya Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va Kengash a’zolari tomonidan 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi. Bu natija tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini yaqqol namoyon etdi.

Ilmiy ishda bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning nazariy asoslari chuqur tahlil qilinib, zamonaviy ta’lim talablariga mos innovatsion pedagogik model, metod va mexanizmlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik ta’lim tizimida tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish, talabalarning mustaqil ta’limini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Mazkur ilmiy yutuq Farg‘ona davlat universitetida pedagogika sohasida olib borilayotgan izchil ilmiy tadqiqotlar samarasi bo‘lib, oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Professor O‘rinova Nilufar Muhammadovnaning mazkur yutug‘i universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun katta motivatsiya manbai hisoblanadi.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi nomidan Nilufar Muhammadovnani pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.