Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 481
  • Ko`rib chiqilganlar 447
    • Takliflar 60
    • Arizalar 372
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MUNOSABAT

16:31, 08.01.2026      

Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ilmiy-amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur seminar universitet tyutorlari ishtirokida tashkil etilib, unda universitetning professor-o‘qituvchilari, yetakchi mutaxassis va olimlari tomonidan dolzarb mavzular yuzasidan atroflicha ma’ruzalar qilinmoqda. Xususan, globallashuv sharoitida ta’lim va ilm-fan sohasidagi strategik islohotlar, zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifati va inson kapitalini yuksaltirish masalalari muhokama markazidan o‘rin olmoqda.

Seminar davomida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalar, ularning oliy ta’lim muassasalari faoliyatidagi ahamiyati, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, tyutorlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, talaba-yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashilmoqda.

Seminar yakunida Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Mazkur ilmiy-amaliy seminar universitet jamoasining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga faol munosabatini namoyon etib, ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.