Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 481
  • Ko`rib chiqilganlar 447
    • Takliflar 60
    • Arizalar 372
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY HIMOYA

10:45, 09.01.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasida yana bir muhim ilmiy muvaffaqiyat qayd etildi. Kafedraning mustaqil tadqiqotchisi Karimov G‘ulomnazir Xolmatxonovich 09.00.04 — Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqotchining “O‘zbekistonda vijdon erkinligining mustahkamlanish dinamikasi: ijtimoiy-falsafiy diskurs” mavzusidagi dissertatsiyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2024.F.05.08 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida muhokama qilinib, 100 foiz ovoz bilan munosib deb topildi.

Mazkur ilmiy ishda O‘zbekistonda vijdon erkinligi tushunchasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilingan. Dissertatsiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, fuqarolik jamiyati taraqqiyoti, diniy bag‘rikenglik hamda inson huquqlarini ta’minlash jarayonlarining falsafiy asoslari ilmiy dalillar asosida yoritib berilgan.

Shuningdek, tadqiqot natijalari mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar, vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy va ijtimoiy mexanizmlarning samaradorligini baholashda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalar ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik, dinshunoslik va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.