

Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan muhim profilaktik targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, soha mutaxassislari, universitet rahbariyati hamda murabbiylar ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida kiberjinoyatchilik, narkojinoyatlar, diniy aqidaparastlik va missionerlik faoliyati, shuningdek, virtual makondagi huquqbuzarliklarning oldini olishda ta’lim muassasalari va murabbiylarning mas’uliyati alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, talabalar bilan individual ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqiy profilaktika ishlarini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.