Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY YUKSALISH

15:33, 14.01.2026      

Fargʻona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi Xamidov Elyorjon Tursunali o‘g‘li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yo‘lidagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi.

Tadqiqotchi 08.00.13 – Menejment hamda 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Ishchi kuchi migratsiyasining mehnat bozoriga ta’sirini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.I.60.03 raqamli Ilmiy kengash majlisida himoya qildi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi yuqori baholanib, tadqiqot natijalari 100 foiz natija bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi. Mazkur ilmiy ishda ishchi kuchi migratsiyasining zamonaviy mehnat bozoriga ko‘rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri chuqur tahlil qilingan bo‘lib, migratsiya jarayonlarini samarali boshqarish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda hududiy mehnat bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Dissertatsiya natijalari respublika mehnat bozorini tartibga solish, migratsiya siyosatini takomillashtirish hamda iqtisodiy boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.