

Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Salohiddin Akramov bugungi kunda Oʻzbek futbolida porlab kelayotgan yosh va istiqbolli hakamlar qatoridan munosib oʻrin egallab, 2025-yilgi futbol mavsumining kashfiyoti sifatida eʼtirof etilmoqda.
Yosh sportchi qisqa vaqt ichida o‘zining professional yondashuvi, xolis qarorlari hamda maydondagi yuqori masʼuliyati bilan futbol mutaxassislari va muxlislar eʼtiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Uning faoliyatida namoyon bo‘layotgan tezkorlik, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda xalqaro talablarga mos hakamlik madaniyati Salohiddin Akramovning kelajakda yirik musobaqalarda faoliyat olib borishiga mustahkam zamin yaratmoqda.
Mazkur yutuq yosh hakamning yuqori sport mahorati, mustahkam irodasi hamda tizimli va izchil tayyorgarligi natijasidir. Shuningdek, u o‘qish va sport faoliyatini uyg‘un olib borib, jismoniy madaniyat sohasidagi nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan samarali uyg‘unlashtirib kelmoqda.
Salohiddin Akramovning ushbu eʼtirofi nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki Jismoniy madaniyat fakultetida olib borilayotgan sifatli taʼlim va sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlarning samarasi sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.