Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 482
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 373
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

HARBIY TA’LIM FAKULTETIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” – VATANPARVARLIK VA SADOQAT TIMSOLI

15:46, 14.01.2026      

Vatanparvarlik oyligi doirasida Harbiy ta’lim fakultetida ma’nan boy va unutilmas tadbirlardan biri — “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda turli davrlarda harbiy ta’lim olgan avlod vakillari bir sahnada jam bo‘lib, Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik g‘oyalari atrofida fikr almashdilar.

Tadbirda fakultetda tahsil olayotgan hozirgi talaba-yoshlar, harbiy ta’lim maskanining sobiq bitiruvchilari hamda ko‘p yillik tajribaga ega faxriy va amaldagi harbiy xizmatchilar faol ishtirok etdi. Ularning samimiy suhbatlari va hayotiy tajribalari yoshlar uchun katta ma’naviy maktab bo‘ldi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatning sharafli jihatlari, milliy va harbiy qadriyatlarni asrab-avaylash, intizom va mas’uliyat, shuningdek, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari keng muhokama qilindi. Faxriy harbiylar tomonidan bildirilgan nasihat va tavsiyalar yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar birgalikda o‘tmish xotiralarini yodga olib, fakultet tarixida muhim o‘rin tutgan yutuqlar, erishilgan marralar va sharafli an’analarni eslab o‘tdilar. Ushbu uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, tajriba almashish va kelajak avlodga mustahkam ma’naviy poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.